Foto: Getty Images
Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSHda “Helen” to‘foni qurbonlari soni 200 nafarga yetdi. Avvalroq 117 qurbon haqida xabar berilgan edi.
Qutqaruvchilar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno etmayapti, chunki ko‘p odamlar hali ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.
Tabiiy ofat Shimoliy Karolina, Jorjiya, Janubiy Karolina, Florida, Tennessi va Virjiniya shtatlariga zarar yetkazdi.
3 oktyabr, payshanba kuni ertalab AQSHda 1 millionga yaqin odam elektrsiz qolgan. Ularning aksariyati Janubiy va Shimoliy Karolina aholisi.
To‘fon elektr uzatish liniyalari va u bilan bog‘liq infratuzilmani jiddiy shikastladi. Shtat bo‘ylab aksar yo‘llar yopiqligicha qolmoqda, bu esa qutqaruvchilarning jabrlangan hududlarga yetib borishi va yordam ko‘rsatishini qiyinlashtiradi.
AQSHning tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Helen” hozirda kuchini yo‘qotdi va tropik bo‘ronga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?