15:15 / 04.10.2024
54

Lavrov: AQSH Isroilning Livanga bostirib kirishini qoralamadi

Lavrov: AQSH Isroilning Livanga bostirib kirishini qoralamadi
© Sputnik / Maksim Blinov
AQSH hukumati Isroilning Livanga quruqlikdan bostirib kirishini hech qanday ravishda qoralamadi. Bu bilan Vashington o‘z ittifoqchisini harbiy amaliyotlar zonasini kengaytirishga undamoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

31 iyul kuni Tehronda va 27 sentyabrda Bayrutda sodir bo‘lgan siyosiy qotilliklar odatiy amaliyotga aylanganin o‘ta kuchli xavotir uyg‘otadi. Isroil 1 oktyabrga o‘tar kechasi Livanga quruqlikdan bostirib kirishini boshlaganidan keyin ham AQSH ma’muriyati suveren davlatga qarshi bu tajovuzni qoralamadi. Shunday qilib, Vashington o‘zining Yaqin Sharqdagi ittifoqchisini harbiy amaliyotlar zonasini kengaytirishga undamoqda", - deyiladi Rossiya tashqi ishlar vazirining TIV saytida chop etilgan bayonotida.

Arab-Isroil mojarosi, Livan, Yaman, Qizil dengiz va Aden ko‘rfazi, Sudan va Afrikaning boshqa “qaynoq nuqtalari”da sodir bo‘layotgan fojiali va qabul qilib bo‘lmas o‘zgarishlar — xavfsizlik barcha uchun teng va ajralmas bo‘lishi mumkinligini yoki bu hech kim uchun bo‘lmasligini anglatadi", - deb ta’kidladi Rossiya vaziri.

Isroil Livan janubida 1 oktyabrda "Hizbulloh" kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Shuningdek, u qo‘shni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda. O‘tgan vaqt ichida bu yerda mingdan ortiq odamlar halok bo‘lgan, 90 mingdan ortiq odam qochqinga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: AQSH Isroilning Livanga bostirib kirishini qoralamadi