22:47 / 05.10.2024
82

Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni berdi

Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni berdi
Foto: “Chechnya segodnya”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun mintaqada ishlab chiqarilgan 100 ta “Jihod mashinasi”ni taqdim qildi.

Qayd etilishicha, ularni tarqatish bilan “Rossiya uchun” xalq fronti jamoat harakati shug‘ullanadi.

Checheniston rahbariga ko‘ra, mintaqada 2024 yilda “Chechenavto” bazasida “GAZ Sobol” va “GAZ Sadko” shassilari asosida jangovar mashinalarni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Jihod mashinalari” esa Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetida sinovdan o‘tkazilgan.

Chechnya Today nashrining ma’lum qilishicha, jami 400 ga yaqin jangovar avtomobil yetkazib berish rejalashtirilgan.

"Ularni ishlab chiqarishda biz ham texnik talablarni, ham frontdagi askarlarning xohish-istaklarini inobatga oldik. Qisqa vaqt ichida biz “Jihod mashina”sini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Turli bosqichlardagi takliflarim inobatga olinganidan mamnunman", deydi Qodirov.

Checheniston hukumati Rossiya sanoat va savdo vazirligiga 2023 yil yanvar oyida “Jihod mashinalari” ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan edi. 2023 yil noyabr oyida uskunaning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan amalga oshirilishi ma’lum bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni berdi