
Livandagi "Hizbulloh" harakatining aytishicha, o‘tgan tunda Isroil qo‘shinlariga Livan-Isroil chegarasi yaqinidagi Odaise qishlog‘iga o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymagan.
“Isroillik piyoda askarlar Odise qishlog‘i munitsipaliteti chekkasiga borishga uringanlarida, Hizbulloh jangchilari ularga zarba bergan va ularni chekinishga majbur qilgan. Isroil qo‘shinlari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor", - deb xabar berdi harakat.
Ta’kidlanishicha, Isroil harbiylari kechasi kamida ikki marta qishloqqa kirishga uringan, biroq ular chekinishga majbur bo‘lgan. Hizbulloh, shuningdek, Kfar Giladi, Yuval va Yaron chegara aholi punktlarida isroillik harbiy xizmatchilar jamlangan joyga raketa hujumlarini uyushtirgani haqida xabar berdi.
Avvalroq "Hizbulloh" Isroil harbiylarining Livan janubida mustahkam o‘rnashib olishga bo‘lgan barcha urinishlariga barham berganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 1 okyabr kuni Livanga qarshi quruqlik operatsiyasini boshlagan edi. Bundan oldin yahudiy davlati mahsus xizmatlari Livandagi Hamas va Hizbulloh harakatlari yetakchilarini jismoniy yo‘q qilishga urindi. Shuningdek 17 -18 sentyabr kunlari aloqa uskunalarini yoppasiga portildi.
Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni allaqachon ikki ming kishidan oshdi, 1,2 milliondan ortiq livanlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. O‘n minglab qochqinlar qo‘shni Suriyaga o‘tgan.
Isroil aytishiga ko‘ra, ularning harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi Hizbulloh tomonidan o‘qqa tutilishi sababli evakuatsiya qilingan yahudiy davlatining shimolidagi 60 ming aholini o‘z uyiga qaytishi uchun sharoit yaratishdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar