Foto: AFP
“Hizbulloh” rahbari o‘rinbosari Naim Qosim guruh Isroil bilan sulh tuzishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi The Jerusalem Post nashri.
Bu voqea Isroil armiyasi tomonidan ikki hafta ichida tashkilotning uch rahbarini yo‘q qilish fonida sodir bo‘ldi.
“Qosimning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish masalasi diplomatik yo‘l bilan hal bo‘lgach, qo‘shimcha tafsilotlar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Qosim, shuningdek, Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining tinch hayotni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini eslatgan va vaziyatni hal qilish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan.
“Hizbulloh” avvalroq ehtimoliy sulhni Isroil armiyasi HAMASga qarshi operatsiya olib borayotgan G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘lagan edi, biroq Qosim so‘nggi bayonotida bu shartni tilga olmagan.
NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Eron TIV rahbari Abbos Ar-Aqchining Livanga tashrifi chog‘ida mamlakat rahbariyati va “Hizbulloh”dan harbiy harakatlarni to‘xtatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.
Isroil telekanaliga ko‘ra, AQSH va bir qator arab davlatlari Eron bilan bir necha jabhada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun yashirin muzokaralar olib bormoqda. Muzokarachilar Tehronni Livan, Iroq, Suriya va Yamandagi eronparast guruhlarga qurollarini tashlashga bosim o‘tkazishga ko‘ndirmoqchi.
Al Arabiya’ning xabar berishicha, Isroil “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar shartlarini ishlab chiqishni boshlagan. Talablar orasida guruhni to‘liq qurolsizlantirish va BMT Xavfsizlik kengashining 2006 yil avgustida qabul qilingan 1701-rezolyutsiyasiga muvofiq jangchilarni Litani daryosi shimolidan olib chiqib ketish joy olgan.
Ekspertlarning fikricha, “Hizbulloh” diplomatik yechim topishda kechikishi mumkin. Isroil guruhga qarshi hujumlarini kuchaytirib, Livanga quruqlikdagi qo‘shinlarini jo‘natib, Bayrut va boshqa hududlarga havo hujumlarini boshlagan. Livanda ishlaydigan yuqori martabali diplomatlardan biriga ko‘ra, “Isroil hozirda diplomatik mantiqdan ko‘ra harbiy yo‘lni afzal ko‘rmoqda”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi