Foto: Al Jazeera
Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidagi Dayr-al-Balah shahrida joylashgan «Rufeyda» maktabi binosiga aviazarba yo‘lladi, bu binodan urush boshlanganidan keyin qochqinlar uchun boshpana sifatida foydalanilayotgandi.
The Times of Israel nashri Isroil mudofaa armiyasiga asoslanib xabar berishicha, Hamas a’zolari bu yerdan qo‘mondonlik punkti sifatida foydalangan.
Falastindagi Qizil yarim oy jamiyati xabar berishicha, zarba oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor, shuningdek, 54 kishi yaralangan. Qurbonlarning qanchasi Hamas jangchilari bo‘lgani aniq emas, deya qayd etadi The Times of Israel.
Isroil armiyasidagilar zarba yo‘llashdan oldin «tinch aholi vakillariga zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun ko‘plab qadamlar tashlangani, jumladan, nishonga aniq boruvchi o‘q-dorilar qo‘llangani, havodan kuzatuv amalga oshirilgani hamda qo‘shimcha razvedka ma’lumotlari olingani»ni ma’lum qilgan.
SAHAL avvaldan Hamas vakillari o‘z ehtiyojlari uchun G‘azo sektoridagi maktablar va shifoxonalar binolaridan foydalanishi, bu joylardagi tinch aholini jonli qalqon qilishini aytib keladi. Bunday binolar vaqti-vaqti bilan bombardimon qilinadi va bu tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘ladi.
Hamas nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshidan buyon Isroil hujumlari qurbonlari soni 42 ming kishidan oshgan. Bu ma’lumotni mustaqil tekshirishning imkoni yo‘q; BMT va Qizil Xochdagilar bu raqamlarni reallikka yaqin deb hisoblashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi