date 17:20 / 11.10.2024
views 157

Polsha Rossiyaning ehtimoliy bosqiniga qanday javob bermoqchi: “Sankt-Peterburgga hujum qilamiz”

Polsha Rossiyaning ehtimoliy bosqiniga qanday javob bermoqchi: “Sankt-Peterburgga hujum qilamiz”
Foto: Getty Images
Ukrainadagi urushdan soʻng Rossiya oʻzining “imperialistik ekspansionizmini” Estoniya, Latviya, Litva va Polshaga yoʻnaltirishi mumkin. Bu haqda Litva prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Kyastutis Budris Defending Baltics konferentsiyasida ma'lum qildi.

Budrisning aytishicha, agar Belarus Ittifoq davlati deb nomlanuvchi tuzilmaning toʻliq a'zosiga aylansa, bunday stsenariyning ehtimolligi ortib boradi.

Ukraina bizga bir necha yil vaqt beradi. Agar Rossiya Ukrainada gʻalaba qilsa, bizda Lvovda bitta, Brestda bitta va Grodnoda bitta rus diviziyasi paydo boʻladi”, dedi Polsha bosh shtabi boshligʻi Raymund Anjeychak.

Uning soʻzlariga koʻra, agar Rossiya qoʻshinlari Litva bilan chegaradan oʻtsa, “tezkor javob” boʻladi.

Birinchi kuni emas, birinchi daqiqadanoq. 300 kilometr radiusdagi barcha strategik ob'ektlarga zarba beramiz. Biz toʻgʻridan toʻgʻri Sankt-Peterburgga hujum qilamiz”, dedi Anjeychak.

U Evropa davlatlari “tashabbusni oʻz qoʻliga olishi”, Rossiyaga Polsha yoki Boltiqboʻyi mamlakatlariga hujum qilish umumiy qarama-qarshilikning boshlanishi boʻlishini tushuntirishi kerakligini aytdi.

Polsha hozirda 900 kilometrgacha uzoqlikka eta oladigan 800 ta raketa xarid qilmoqda. Ular Rossiya hujum qilgan taqdirda ishlatiladi.

Biz NATOning ayrim poytaxtlarida beshinchi moddani qoʻllash yoki qoʻllamaslik haqidagi qarorini kutib oʻtirmasdan, oʻzimiz zudlik bilan javob zarbasini berishga qodir boʻlishimiz lozim”, dedi Litva armiyasi qoʻmondoni Raymundas Vaykshnoras.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo