date
views 143

Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi

Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi
© Sputnik
Kursk viloyatida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan ukrainalik razvedkachi-desantchilar almashinuvdan bosh tortdi va Kurskda qolgan ukrainalik harbiylarni qurollarini tashlab, taslim boʻlishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti e'lon qilgan videoda ma'lum qilindi.

"Yuborishdi. Chernigov viloyatida tutib olishdi va yuborishdi... Tashlab ketishdi. Komandirlar yoʻq. Qurollarni tashlang... Taslim boʻlishsin va hech boʻlmaganda tirik qolishadi. (Agar) Alimashinuvga ketsam, yana meni qaytarib yuborishadi. Agar qolishim mumkin boʻlsa, sizlar bilan qolaman”, — dedi Ukraina Qurolli kuchlarining 82-alohida desant-hujumchilar brigadasining asirga olingan razvedkachisi.

Asir olingan Ukraina razvedkachilaridan biri soʻroq paytida Chernigov viloyatida safarbar qilingani haqida koʻrsatma berdi, boshqa asir esa Jitomirdan ekanligini aytdi.

"Kursk viloyatida qoʻlga olingan razvedka guruhining soʻroq qilingan ikkala desantchisi ham almashishdan bosh tortdi va Ukraina Qurolli kuchlarini qurollarini tashlashga chaqirdi", — deya tushuntirdi Rossiya xavfsizlik kuchlari vakili RIA Novostiga.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi