
Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp muhojirlar Amerika fuqarolarini oʻldirgani uchun oʻlimga hukm qilinishi kerak, deb hisoblaydi.
“Men xorijliklardan tashkil topgan guruhlarning barcha a'zolarini toʻplayman va ular qamoqqa tashlanadi yoki mamlakatimizdan chiqarib yuboriladi, shunda birortasi ham qolmaydi. Biz buni “Avrora” operatsiyasi deb nomlaymiz”, deydi AQShning sobiq etakchisi.
Trampning qoʻshimcha qilishicha, ular mamlakatga qaytib kelgan taqdirda, avtomatik ravishda shartli ozod qilish imkoniyatisiz 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. U Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot organi xodimini oʻldirgan har qanday muhojir uchun oʻlim jazosini qoʻllab-quvvatlashini ta'kidlagan
Avvalroq Tramp AQShni noqonuniy muhojir jinoyatchilar egallab olganini ma'lum qilgan edi. Prezidentlikka da'vogar, agar u 5 noyabrdagi saylovda gʻalaba qozonsa, bu kun “Amerika ozodligi kuni” boʻlishini va'da qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar