38
Netanyaxu: “Isroil butun Livan bo‘ylab 'Hizbulloh'ga shafqatsizlarcha zarba berishda davom etadi”
Foto: AP
Isroil butun Livan bo‘ylab “Hizbulloh”ga hujum qilishni davom ettiradi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qilgan.
“Biz Livanning barcha hududlarida, jumladan, Bayrutda 'Hizbulloh'ga shafqatsizlarcha zarba berishda davom etamiz”, dedi Netanyaxu.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronning “yovuzligi”ga qarshi qiyin kurash olib bormoqda, Eronning maqsadi Isroilni yo‘q qilishdir.
“Biz kurashni davom ettirmoqdamiz, janglar og‘ir kechmoqda, lekin biz ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz”, deydi bosh vazir.
13 oktyabr kuni kechqurun Isroil armiyasining askarlari mashg‘ulot o‘tkazayotgaan bazaga “Hizbulloh” tomonidan uchirilgan dron hujum qilgani xabar berilgandi. Armiya to‘rt nafar askarning o‘limini rasman tasdiqladi. Yana yetti nafar askar og‘ir yaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi