
Foto: AP
AQShdagi har ikkala partiya siyosatchilari 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yigitlarni safarbarlikka jalb etish masalasida Volodimir Zelenskiyga bosim oʻtkazmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Sergey Leshenko ma'lum qildi.
U Zelenskiyga boʻlayotgan bosim toʻgʻrisidagi ma'lumotni tasdiqlay olishini qoʻshimcha qilgan, chunki masala «yuzaga chiqib qolgan». «Sheriklarning asosi quyidagicha: AQSh Vetnamda urush boshlaganida u erga 19 yoshdan olib ketilgan. Shu bois amerikaliklar birgina gʻarbning quroli etmasligi, 18 yoshdan boshlab safarbarlikka jalb etish kerakligini ta'kidlamoqda», — deb yozadi Leshenko. Bosim aynan qanday koʻrinishda boʻlayotganiga u oydinlik kiritmagan.
Leshenkoning soʻzlariga koʻra, Zelenskiy «bunga rozi boʻlmagan» va «har ikkala partiya siyosatchilarini chaqiruv yoshidan qat'i nazar qurol berishga koʻndirishni davom etyapti».
2024 yilning mayida Ukrainada safarbarlik toʻgʻrisidagi yangi qonun kuchga kirib, harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 27 yoshdan 25 yoshga tushirildi. Bir yillik harbiy xizmatga chaqirilgan 18-25 yoshdagi yigitlar safarbarlikka jalb etilmaydi, balki muddatli harbiy xizmatni oʻtaydi. Bu yoshdagi yigitlar faqat tinchlik davrida muddatli xizmatini oʻtagan yoki oliy harbiy bilim yurtini tamomlagan boʻlsa, safarbarlikka jalb etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!