07:54 / 16.10.2024
27

NATO bosh kotibi: “Alyansning yangi qo‘mondonligi Ukrainadagi mojaroning borishiga ta’sir o‘tkaza oladi”

NATO bosh kotibi: “Alyansning yangi qo‘mondonligi Ukrainadagi mojaroning borishiga ta’sir o‘tkaza oladi”
Foto: “Rbc.ua”
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Germaniyaning Visbaden shahrida Ukraina harbiylarini Xavfsizlikka ko‘maklashish va tayyorlash bo‘yicha alyansning (NSATU) yangi qo‘mondonligiga tashrif buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qo‘mondonlik Ukraina uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

NATO saytidagi xabarda aytilishicha, qo‘mondonlik Ukrainaga harbiy yordam yetkazilishini muvofiqlashtiradi. Alyansning sharqiy qanotidagi Visbaden bazasi va logistika markazlari 700 nafar xodimni tayyorlaydi.

NSATU qo‘mondonligini yaratish to‘g‘risidagi qaror iyul oyida bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng qabul qilingan. Bungacha qurol-yarog‘ yetkazib berishni muvofiqlashtirish AQSH moliya vazirligi boshchiligidagi guruh tomonidan amalga oshirilgan.

Avvalroq NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya alyansni qo‘rqita olmasligini aytib o‘tgandi.

2024 yil oktyabrida NATO boshqaruvini qo‘lga olgan Ryutte Kiyevning NATO bo‘yicha ittifoqchilari mojaroda “Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z maqsadlariga erishmasligi va Ukraina g‘alaba qozonishi” uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ma’lum qildi.

NATO bosh kotibi, Alyans, Yangi qo‘mondonligi, Ukrainadagi mojaro, Ta’sir o‘tkazish

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO bosh kotibi: “Alyansning yangi qo‘mondonligi Ukrainadagi mojaroning borishiga ta’sir o‘tkaza oladi”