Foto: AP Photo
Vladimir Zelenskiy AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan muloqotda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish zaruratini muhokama qilganini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevning yadroviy quroldan voz kechishi ham suhbat mavzularidan biri bo‘lgan. Zelenskiy bu haqda Yevropa kengashi yig‘ilishida ishtirok etib, g‘alaba rejasini taqdim etganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Ukraina yetakchisi Budapesht memorandumini yadro qurolidan voz kechgan Ukrainani himoya qila olmaydigan samarasiz kelishuv sifatida eslagan:
“Bu yirik yadroviy davlatlarning qaysi biri jabr ko‘rdi? Hammasimi? Yo‘q, faqat Ukraina. Kim yadroviy quroldan voz kechdi? Ukraina. Bugun kim jang qilmoqda? Ukraina”.
U Tramp bilan suhbatda “yo Ukrainada yadroviy qurol bo‘lishi yoki mamlakat qandaydir ittifoqqa a’zo bo‘lishi kerak”ligini aytgan. Shuningdek, Zelenskiy hozirda NATOdan boshqa samarali ittifoqni bilmasligini ta’kidlagan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO davlatlari bugun urush holatida emas, shu sababli Ukraina yadro qurolini emas, alyansni tanlaydi.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, agar sheriklari uning g‘alaba rejasini qo‘llab-quvvatlamasa, bu katta xato hamda Rossiya uchun imtiyoz bo‘lishini aytgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi sammitida 18 ta yetakchi uning rejasi haqida fikr bildirgan va ko‘pchilik buni qo‘llab-quvvatlagan.
Zelenskiy, Ukraina, Yadroviy qurol, NATOga qo‘shilish “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi