26
Isroil “Hizbulloh” va HAMAS yetakchilari o‘ldirilgach, navbat Eronga kelganini ma’lum qildi
Foto: Al Arabiya
Isroillik siyosatchi va parlament a’zosi “Isroil — bizning uyimiz” o‘ng qanot partiyasi rahbari Avigdor Liberman Livanning “Hizbulloh” harakati va Falastinning HAMAS harakati rahbarlarining yo‘q qilinishi fonida navbat Eronga kelganini ma’lum qildi.
“Biz 'Hizbulloh' yetakchisi Nasrullohga, HAMAS rahbari Sinvarga g‘amxo‘rlik qildik, endi ilonning boshi – Eronga g‘amxo‘rlik qilish vaqti keldi”, deb yozdi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Isroil mudofaa kuchlari Isroilga 2023 yil 7 oktyabrda qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblangan Sinvar G‘azoda isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilganini rasman e’lon qildi. Harbiylarga ko‘ra, Sinvar 16 oktyabr kuni yo‘q qilingan.
HAMAS harakatining G‘azodagi tashqi aloqalar bo‘limi rahbari Bassem Naim ham guruh yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘limini tasdiqladi.
Sentyabr oyi oxirida Isroil havo kuchlari Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan “Hizbulloh” qarorgohiga bunkerli bombalarni tashlab Nasrullohni yo‘q qilgan.
1 oktyabr kuni Eron Isroilga tarixda ikkinchi marta yirik raketa zarbalari bergan. Isroil rahbariyati bu hujumga javob qaytarishga va’da bergan. Avvalroq CNN nashri Isroil hukumati Eronning mazkur raketa hujumiga javob choralari ko‘rish rejasini ishlab chiqishni yakunlagani haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari