Foto: Jack GUEZ / AFP
19 oktyabr kuni erta tongda “Hizbulloh” harakati Livandan uchirgan 3 ta dronning 2 tasi Isroil armiyasi tomonidan urib tushirilgan. 1 ta dron Isroilning O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan Kesariya shahriga uchib kelgan. Portlagan uchuvchisiz qurilma bosh vazir Binyamin Netanyahuning shaxsiy uyini nishonga olgan.
Bosh vazir ofisining xabariga ko‘ra, Netanyahu va uning rafiqasi bu vaqtda uyda bo‘lmagan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan, rezidensiyaga qanchalik zarar yetgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lum qilinishicha, Isroilning ko‘plab millionerlari va siyosatchilar yashaydigan bu hududda havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangramagan. lekin, uninga qo‘shni rayonlardan sirena chalingan.
“Hizbulloh” xavfni aniqlashni qiyinlashtirish va chalg‘itish uchun birdaniga bir nechta hududlarga dron bilan hujum qilmoqda.
Al-Jazeera nashriga ko‘ra, dronga qulagan hudud harbiylar tomonidan o‘rab olingan va ma’lumotlarni tarqatish uchun jiddiy senzura qo‘llanilmoqda.
Isroil Mudofaa vazirligi Livandan uchirilgan dron tufayli o‘z ogohlantirish tizimining bir nechta nosozliklarni aniqlagan. Shuningdek, voqea xavfsizlik tizimida “o‘ta jiddiy xatolik” sifatida ko‘rilib, tergov jarayonlari boshlangan.
Hizbulloh, Dronlar, Netanyahuning uyi, Nishonga oldi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi