12:04 / 21.10.2024
25

Ukraina Shahed'larni tutib oluvchi dron ishlab chiqdi

Ukraina Shahed'larni tutib oluvchi dron ishlab chiqdi
Foto: The Telegraph
Ukraina uzoq vaqtdan beri Rossiyaning Eron ishlab chiqargan Shahed-136 kamikadze dronlarini tutib olish qobiliyatiga ega dron ishlab chiqmoqda. The Telegraph mazkur dron haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu Sting deb nomlanuvchi boshqariladigan uchuvchisiz apparat hisoblanadi. U Shahed'larni tutib oluvchi zenit raketlari o‘rniga arzonroq variant bo‘lishi kutilmoqda. Dron soatiga 160 kilometrdan ortiq tezlikda parvoz qilishi va taxminan 3 kilometr balandlikka ko‘tarila olishi mumkin.

Sting - markazidan yuqoriga ko‘tarilgan katta gumbazli, jangovar kallak va kamera o‘rnatilgan kvadrokopterning klassik konstruksiyasidir. U yerdan VR ko‘zoynaklari yordamida boshqariladi, bu esa operatorga uchuv yo‘nalishini aniq ko‘rish imkonini beradi. Kelajakdagi ishlanma uchuvchiga dushman nishonlarini mo‘ljalga olish imkonini beradigan sun’iy intellektli nishonga olish tizimiga ega bo‘ladi”, deb yozadi The Telegraph.

Ukraina armiyasi Rossiyaning “Zala” va “Orlan” tipidagi razvedka dronlarini kichik FPV-dronlari yordamida muvaffaqiyatli yo‘q qilgan bo‘lsa-da, endilikda Sting Shahed-136 bilan kurashishga mo‘ljallangan birinchi maxsus dron bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya har sutkada 30 tadan 80 tagacha Shahed dronlarini ishlab chiqaradi va bu Ukraina havo mudofaasi uchun muammo bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Shahed'larni tutib oluvchi dron ishlab chiqdi