17:21 / 21.10.2024
31

Isroil AQSHga Livandagi urushni tugatish shartlarini ma’lum qildi

Isroil AQSHga Livandagi urushni tugatish shartlarini ma’lum qildi
Foto: RBC
O‘tgan hafta Isroil AQSHga Livan bilan bog‘liq vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish shartlari yozilgan hujjatni topshirdi, deya xabar bermoqda Axios ikki amerikalik va ikki isroillik rasmiyga tayanib.

Ularning ta’kidlashicha, Isroil bosh vaziri idorasi hujjatni AQSH prezidenti Jo Baydenning elchisi Amos Xoxshteynning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni muhokama qilish uchun Bayrutga tashrifi arafasida Oq uyga topshirgan.

AQSH va Isroil rasmiylarining aytishicha, Isroil strategik ishlar vaziri Ron Dermer 17 oktyabr kuni hujjatni Xoxshteynga yuborgan.

Portal suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, talablardan biri Isroil mudofaa kuchlarining “Hizbulloh”ni qayta qurollantirishga va Livan janubidagi hududlarda guruhning harbiy infratuzilmasini tiklashga qarshi faol choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishidir.

Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, Isroil ham o‘zining havo kuchlari Livan havo hududida erkin harakat qilishini talab qiladi.

Axiosning qayd etishicha, bu ikki talab BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga ziddir.

Bayrut va xalqaro hamjamiyat Livan suverenitetiga jiddiy putur yetkazadigan ushbu shartlarga rozi bo‘lishi dargumon, dedi AQSH rasmiysi.

Xoxshteyn dushanba kuni Bayrutga kelishi va Livan bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Najib Mikati, parlament spikeri Nabih Berri hamda Livanning boshqa rasmiylari bilan uchrashishi hamda Isroil talablarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni Berri Al Arabiyaga bergan intervyusida Xochshteynning tashrifi Livandagi urushni "hal qilish uchun AQSH saylovlaridan oldingi oxirgi imkoniyat" ekanligini aytdi.

U Livanda BMTning 1701-rezolyutsiyasi bo‘yicha konsensus mavjudligini ta’kidladi va unga har qanday tuzatish kiritishdan bosh tortishini ma’lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1701-sonli rezolyutsiyasi Ikkinchi Livan urushini tugatish maqsadida 2006 yilda qabul qilingan. Bu rezolyutsiya Isroil qo‘shinlarining Livandan olib chiqilishini ham nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil AQSHga Livandagi urushni tugatish shartlarini ma’lum qildi