Foto: “Idf.il”
Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning qarorgohiga qilingan hujum ortidan yana ikki isroillik siyosatchiga suiqasd uyushtirishga urindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ammo gap qaysi siyosatchilar haqida ketayotgani aniq aytilmagan. Manbalarga ko‘ra, suiqasd tayyorlanayotganidan xabar topgan Isroil tomoni “Hizbulloh”ga tahdid qilgan: agar hujumlar sodir etilsa, Bayrutning janubiy chekkasi va ushbu tashkilotning Livan poytaxtidagi asosiy tayanchi bo‘lgan Dahiya tumani butunlay yo‘q qilinadi. Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, “Hizbulloh” bu tahdiddan so‘ng hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan.
Avvalroq Netanyaxu “Eron agentlari”ni 19 oktyabr kuni Kesariya shahri yaqinidagi qarorgohida dron hujumi uyushtirganlikda ayblagan va bu Isroilni “Hizbulloh” hamda HAMASga qarshi harbiy amaliyotlarni davom ettirishdan voz kechishga majbur qilmasligini aytgan edi.
“Dron hujumi paytida Netanyaxu va uning rafiqasi Sara qarorgohda bo‘lmagan. Hech kim jarohat olmagan”, deya xabar berdi The Times of Israel. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi