18:23 / 22.10.2024
28

Xeops piramidasiga chiqib olgan it ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

Xeops piramidasiga chiqib olgan it ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi
Foto: Fox News
Misrda Giza piramidalaridan biriga chiqib olgan daydi it tasodifan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozmoqda Europa Plus nashri.

Paraplanda uchayotgan amerikalik sayohatchilardan biri Aleks Lang ta’tilga chiqqach, Shimoliy Afrika mamlakatining bir nechta diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. U Gizadagi piramidalar ustidan uchib o‘tishga va o‘zining parvozini kameraga muhrlashga qaror qildi. To‘satdan Aleks Xeops piramidasining cho‘qqisida daydi it yugurib ketayotganini va u yerdan qushlarni quvayotganini ko‘rib qoldi.

Foto: Europa Plus
Paraplanchi ushbu videoni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirdi va uning posti qisqa muddatda tarqalib ketdi. Misrdagi ushbu qadimiy inshoot balandligi 135 metrdan oshadi va unga chiqish xavfsizlik nuqtayi nazaridan qat’iy taqiqlanadi. Qoidabuzarlik uchun yirik jarima va uch yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

To‘rt oyoqli sayyoh qanday qilib ko‘zga tashlanmay qo‘riqlash tizimi xodimlari yonidan o‘tib ketgani noma’lum. Qiziqarlisi, bunday balandlikka ko‘tarilish juda qiyin va faqat sog‘lom jonzot piramidaning cho‘qqisiga chiqa oladi.

It ijtimoiy tarmoqlarda qadimgi Misr xudosi sharafiga Anubis laqabini oldi. Ba’zilar ushbu video sun’iy intellektda tahrir qilingan, deb gumon qilsa, boshqalar mazkur tarixiy yodgorlikda xavfsizlik tizimi yaxshi ishlamasligidan shikoyat qilib yozmoqda. Birgina it o‘zi haqidagi barcha yangiliklardan bexabar qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xeops piramidasiga chiqib olgan it ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi