23:00 / 23.10.2024
36

Eron prezidenti dollardan mustaqil bo‘lgan savdo bo‘yicha hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi

Eron prezidenti dollardan mustaqil bo‘lgan savdo bo‘yicha hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi
Foto: “Report.az”
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BRICS sammitining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlarni AQSH dollaridan mustaqil bo‘lgan tijorat bo‘yicha hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Biz jahon iqtisodiyotida dollar hukmronligini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishimiz kerak. BRICS guruhini dollardan mustaqil yangi hisob-kitob mexanizmini yaratish bo‘yicha operativ qarorlar qabul qilishga chaqiraman”, dedi Pezeshkiyon.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa BRICS sammitidagi chiqishida dollar qurol sifatida ishlatilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda dollar qurol sifatida ishlatilmoqda. Bu mazkur ishni qilayotganlarning katta xatosi.

Dollardan qurol sifatida foydalanish valyutaga bo‘lgan ishonchni susaytiradi. Biz dollarga qarshi kurashayotganimiz yo‘q, lekin undan foydalanishga ruxsat berilmasa, biz boshqa muqobil variantni izlashimizga to‘g‘ri keladi
”, dedi Rossiya prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti dollardan mustaqil bo‘lgan savdo bo‘yicha hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi