Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat poytaxti Anqara shahrida, TUSAŞ aerofazoviy shirkati obyektida sodir etilgan teraktga munosabat bildirdi.
Erdo‘g‘onga ko‘ra, teraktdan ko‘zlangan maqsad Turkiyaning barqarorligiga raxna solish va mamlakatning to‘laqonli mustaqilligi ramzi sanalgan mudofaa sohasidagi yutuqlarni yo‘qqa chiqarishdan iboratdir.
Turkiya rahbari hujumning ilk daqiqalaridanoq xavfsizlik kuchlari tezkorlik bilan harakat qilgani va terrorchilarni yo‘q qilganini qayd etgan.
«Xalqimiz shuni bilsinki, Turkiyaga qarshi ko‘tarilgan iflos qo‘llar shubhasiz sindirilajak. Bizning xavfsizligimizga raxna solmoqchi bo‘lgan biror bir tuzilma, biror bir terror tashkiloti, biror bir yovuzlik markazi maqsadiga yeta olmaydi», – deb ta’kidlagan u.
Qayd etilishicha, Anqara barcha turdagi terror tahdidlari va yovuzlik gumashtalariga qarshi qat’iy kurashdan aslo chekinmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, 23 oktyabr kuni TUSAŞ aerokosmik kompaniyasi obyektida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi jarohatlangan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya hujumni uyushtirgan ikki terrorchi o‘ldirilgani, ulardan biri ayol ekanini aytgan.
IIVga ko‘ra, hujum Kurdiston ishchi partiyasi terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.
Rasmiylar hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”