
Foto: AP Photo
Livanning “Hizbulloh” harakati jangchilari shimoliy Safed shahridagi Isroil razvedka boshqarmasining asosiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda harakat matbuot xizmati xabar berdi.
“Islomiy qarshilik jangarilari Safadda joylashgan Mishar bazasiga — Isroil razvedkasining shimoliy okrugi bo‘yicha asosiy shtab-kvartirasiga bir qator raketalarni uchirdi”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq “Hizbulloh” Tel Aviv janubidagi Tel Nof harbiy-havo kuchlari bazasiga dron zarbalarini bergan edi.
Harakat bayonotida “jangchilar Tel Aviv janubidagi Isroil harbiy-havo kuchlari bazasiga dronlar yordamida hujum qildi” deya ta’kidlangan.
Shuningdek, 25 oktyabr kuni “Hizbulloh” harbiylari Isroilning Safad chekkasida joylashgan Vilon harbiy bazasiga dronlar guruhi bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Bayonotga ko‘ra, mo‘ljallangan nishonlarga aniq zarbalar berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar