34
Isroil rasmiysi “Hizbulloh”ning yangi rahbari haqida: “Vaqtinchalik tayinlov. Uzoqqa bormaydi”
Foto: trthaber
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant, Naim Qosimning Livan “Hizbulloh”ining yangi bosh kotibi etib saylanishini sharhlar ekan, bu “vaqtinchalik tayinlov” ekanini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qosim bu lavozimda uzoq qolmaydi. “Hizbulloh”ning avvalgi rahbari Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Isroil hujumida halok bo‘lgan edi.
“Vaqtinchalik tayinlov. Uzoqqa bormaydi”, deb yozdi Yoav Galant X ijtimoiy tarmog‘ida Qosimning suratini joylashtirgan holda.
Isroil hukumatining ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida aytilishicha, Naim Qosimning “Hizbulloh” rahbari sifatidagi faoliyati “agar u o‘zidan oldingi Hasan Nasrulloh va Hoshim Safi ad-Din izidan borsa, tashkilot tarixidagi eng qisqa muddat bo‘lishi mumkin”.
1992 yildan beri “Hizbulloh”ga rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutdagi yerosti qarorgohiga uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lgan edi. 5 oktyabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining zarbasi natijasida uning amakivachchasi Hoshim Safi ad-Din halok bo‘lgani xabar berilgan, OAV uni “Hizbulloh”ning marhum bosh kotibining vorisi deb atagan edi.
Guruh 29 oktyabr kuni Naim Qosimni “Hizbulloh”ga rahbar etib tayinlagani ma’lum bo‘ldi.
Naim Qosim guruhning Maslahat kengashi bo‘lmish Majlis ash-Sho‘ro tomonidan saylangan. U 30 yil davomida “Hizbulloh”ning avvalgi rahbari Hasan Nasrullohning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Naim Qosim 1953 yilda Bayrutda tug‘ilgan. Bir necha yil kimyo o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi