Foto: Al Manar TV
Hasan Nasrulloh o‘ldirilganidan keyin «Hizbulloh» guruhining yangi rahbariga aylangan Naim Qosim Nasrullohning birinchi marta chiqish qildi. U tashkilot yo‘qotishlardan keyin o‘z kuchlarini qayta tiklab olganini va Isroilga qarshilik ko‘rsatishni davom ettirishini bildirdi.
Qosimning so‘zlariga ko‘ra, Nasrullohning o‘ldirilishi «jiddiy zarba» bo‘lgan, ammo «Hizbulloh» «sakkiz kun ichida o‘z saflarini qayta tashkil etish»ga erishgan.
Shuningdek, Qosimning ma’lum qilishicha, «Hizbulloh» o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaydi va Isroil bilan urushni faqat o‘z shartlari asosida to‘xtatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday qaror faqat bilvosita muzokaralar yo‘li bilan qabul qilinadi.
«Mening ish rejam bu — Nasrullohning rejasi. Biz u va «Hizbulloh» rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan harbiy rejani amalga oshirishni davom ettiramiz», — deydi Naim Qosim. Bundan tashqari, guruh yetakchisi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning uyiga dron yordamida uyushtirilgan hujumni eslatib, «bu safar u tirik qolgani»ni, ammo «qachon o‘lishi noma’lumligi»ni bildirdi.
Isroil Qosimning so‘zlariga hozircha munosabat bildirmadi, biroq kuni kecha mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galant «Vaqtincha tayinlov. Uzoqqa bormaydi» izohi ostida Qosimning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan edi.
Guruhga 1992 yildan buyon rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Isroil harbiylari «Hizbulloh»ning Bayrutdagi yerosti bazasiga yo‘llagan zarbasi oqibatida halok bo‘lgandi. Uning o‘limidan keyin, oktyabr oyi o‘rtalarida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu isroillik harbiylar Nasrullohni, uning vorisini, vorisining vorisini ham o‘ldirganini aytgandi. Isroil mudofaa armiyasi keyinroq Hasan Nasrullohning faqat bir vorisi — amakivachchasi Hoshim Safiuddin o‘ldirilganini xabar qildi. Vorisning vorisi haqida ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi