06:30 / 31.10.2024
47

“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz

“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz
Foto: “cewlik.net”
Livanning “Hizbulloh” harakati o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rash niyatida emas va Isroilga keragicha qarshilik ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda harakat bosh kotibi Naim Qosim ma’lum qildi.

Agar Isroil o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rasa, faqat bizning shartlarimiz asosida rozi bo‘lamiz. Ammo urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz”, deydi Qosim.

Guruh yetakchisi isroillik harbiylarning hayotini saqlab qolish uchun Isroil qo‘mondonligiga Livan hududidan o‘z kuchlarini olib chiqishni taklif qilgan. Aks holda uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil askarlari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar soni ortib boraveradi.

Qosim “Hizbulloh” harakatida yetakchilik lavozimlarini egallashga tayyor bo‘lgan yetarlicha tajribali va o‘qitilgan qo‘mondonlar hamda Isroil hududiga hujum qilish uchun frontda yetarlicha jangchilar borligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz