Foto: Reuters
Yevropa komissiyasi Xitoyning Temu onlayn-savdo maydonchasiga nisbatan jarima ishini ochdi. Bryussel internet orqali arzon tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani YEIning Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunini buzishda gumonlamoqda. Xususan, gap kontrafakt va xavfli mahsulotlar savdosi haqida ketyapti.
Tekshiruvlar davomida Temu internet-sahifasining ko‘rinishi ham o‘rganiladi. Tanqidchilarning hisoblashicha, u xaridorlarda tobelikni keltirib chiqarib, rejalashtirilmagan xarajatlarni yuzaga keltiradigan tarzda yaratilgan.
Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Margret Vestagar Xitoy kompaniyasini sotilayotgan mahsulotlar YEI standartlariga javob berishini ta’minlashga va iste’molchilarga zarar yetkazmaslikka chaqirdi. GFR Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi Temu va arzon mahsulotlar sotuvchi boshqa internet-do‘konlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.
O‘z navbatida Temu Yevroittifoq hukumatlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Yevropa Ittifoqida Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun 2023 yil avgustda kuchga kirgan. U internet-kompaniyalar zimmasiga irqchilik, giyohvandlik vositalari va qalbaki mahsulotlar savdosi, bolalar pornografiyasi va dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashish majburiyatini yuklaydi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Temu onlayn maydonchasiga egalik qiladigan PDD Holdings kompaniyasi aksiyalari oxirgi bir yilda qariyb 22 foizga qimmatlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi