Foto: AP Photo
Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreyani mudofaa qilishga to‘liq sodiq va buning uchun har qanday vositalarni, jumladan, yadroviy qurolni ham qo‘llashga tayyor. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, AQSHning to‘xtatib turish bo‘yicha majburiyati o‘zgarishsiz qolmoqda.
“Ular Amerika mudofaa qobiliyatining to‘liq spektri — oddiy raketa tizimlari, yadroviy va ilg‘or yadroviy bo‘lmagan qurollar bilan qo‘llab-quvvatlanadi”, deb tushuntirdi Ostin.
Shu bilan birga, Pentagon rahbari Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar qayta tiklanishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlatning “jangovar tayyorgarligini sezilarli darajada kuchaytiradi”.
Lloyd Ostin va Kim Yon Xyon Shimoliy Koreya bo‘linmalarini Rossiyadan olib chiqishga chaqirgan.
“Vashington Rossiyani bu qo‘shinlarni jangovar harakatlarda qo‘llashdan qaytarish uchun ittifoqdosh va hamkorlar bilan ishlashda davom etadi, ammo Moskva o‘z niyatidan voz kechmasligi ehtimoli yuqori”, deya qo‘shimcha qilgan Ostin.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya yetakchisi KXDR qo‘shinlarining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etishi “Koreya yarim orolida xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishiga olib kelishi mumkinligi” haqida ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi