Foto: Reuters
Eron 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlari oldidan Isroilning Eron hududiga yaqinda bergan zarbasiga javob qaytarishi mumkin. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
“Eron Islom Respublikasining sionistik rejim tajovuziga javobi hal qiluvchi va og‘riqli bo‘ladi”, deydi manba.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu qaror Tehron Isroil hujumining jiddiyligini pasaytirish bo‘yicha o‘zining dastlabki strategiyasidan voz kechayotganini ko‘rsatishi mumkin.
Isroilning Eronga hujumi
26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirgan edi. Raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olingan. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirgan. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirgan.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirgan hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidlagan.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da bergandi.
“Biz urushni istamaymiz, ammo millatimiz huquqlarini himoya qilib, o‘zimizni mudofaa qilamiz. Sionistik rejimning tajovuziga javob qaytaramiz”, dedi Pezeshkiyon.
U Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan to‘rt nafar askar va o‘n nafar politsiyachining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
“Eron farzandlari vatanni himoya qilish uchun jonini fido qildi. Armiyaning jasur askarlari, ularning oilalari va qahramon xalqiga hamdardlik bildiraman. Eronning dushmanlari bilishi kerakki, bu jasur xalq qo‘rqmasdan o‘z yerlarini himoya qilishga va har qanday ahmoqlikka donolik va aql bilan javob qaytarishga tayyor”, degan edi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...