Kollaj: New York Post
AQSHning Arizona shtatida 51 yoshli Jozef Hill marhum otasining jasadini to‘rt yil davomida muzlatkich kamerasida saqlagani aniqlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Bunday harakatning sababi otasiga tegishli bo‘lgan ijtimoiy nafaqalarni olishni davom ettirish bo‘lgan. Muzlatkich uyning orqa hovlisida joylashgan bo‘lib, brezent va adyollar bilan o‘ralgan. So‘nggi olti oy ichida u butunlay elektr ta’minotisiz qolgan.
Biroq hatto elektr tokining o‘chirilishi ham gumonlanuvchiga otasining jasadini yashirish va uning ijtimoiy nafaqa pullarini olish rejasiga to‘sqinlik qilmagan.
Tergov davomida aniqlanishicha, erkak bir necha bor otasining qoldiqlarini sahroga ko‘mmoqchi bo‘lgan, biroq har safar yaqin atrofda paydo bo‘lgan odamlar unga xalaqit bergan. Fosh bo‘lish qo‘rquvi dafn etishni keyinga surishga olib kelgan. Arizona politsiyasi gumonlanuvchini hibsga olgan, u jasadni yashirganlikda ayblanmoqda. Uni ozod qilish uchun 25 ming dollar miqdorida garov puli belgilangan. Dastlabki sud majlisi 4 noyabrda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?