Foto: The Times of Israel
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy bilan muzokaralar chog‘ida Isroilning harakatlari yuzasidan Yaqin Sharq davlatlarini birdamlikka chaqirdi.
Uchrashuv chog‘ida, shuningdek, Turkiya va Iroq o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilingan.
“Prezident Erdo‘g‘on Turkiya va Iroqning tarixiy va madaniy aloqalari bo‘lgan ikki qo‘shni davlat ekanini, munosabatlarni yaxshilash va hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, 'Taraqqiyot yo‘li' loyihasi ikki davlatga ko‘p foyda keltirishini ta’kidladi”, deya ma’lum qildi Turkiya rahbari idorasi.
Erdo‘g‘on terror tashkilotlari ham Turkiya, ham Iroq uchun xavfsizlikka tahdid ekani, barcha terror tashkilotlariga qarshi beg‘araz kurash olib borish har ikki davlat tinchligi va barqarorligiga xizmat qilishini, Turkiya Iroq hukumatining kurash borasidagi ijobiy qadamlaridan mamnun ekanini bildirgan.
“Prezident Erdog‘an mintaqamizda yoyilayotgan Isroil tajovuzi ham mintaqaviy, ham global tinchlikka tahdid solayotganini, buning oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, mintaqa davlatlari hamjihatlikda harakat qilishi kerakligini ta’kidladi. Turkiya tinchlik yo‘lida sa’y-harakatlarini davom ettiradi”, deya aniqlik kiritgan prezident idorasi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?