22:47 / 02.11.2024
37

Eron Milliy xavfsizlik kengashi Isroilga harbiy javobni ma’qulladi

Eron Milliy xavfsizlik kengashi Isroilga harbiy javobni ma’qulladi
Foto: Chatham house
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi Eron hududiga hujum qilgani uchun Isroilga harbiy javob berishga qaror qildi. Bu haqda Majlis (Eronning bir palatali parlamenti) Milliy xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Ismoil Kosariy xabar berdi.

Unga ko‘ra, javob zarbasini berish vaqtini qurolli kuchlar belgilaydi.

Ba’zi hukumat amaldorlari va boshqalar Isroilga javob bermaymiz, deyishlari mumkin. Lekin ular hukumatda ham, undan tashqarida ham qaror qabul qiluvchi shaxslar emas, chunki sionistik rejimga harbiy javob berish qarori allaqachon Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilingan”, dedi Kosariy.

Isroilning Eronga hujumi

26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirgan edi. Unda raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olingan. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirgan. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirgan.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirgan hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidlagan.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da bergandi.

Biz urushni istamaymiz, ammo millatimiz huquqlarini himoya qilib, o‘zimizni mudofaa qilamiz. Sionistik rejimning tajovuziga javob qaytaramiz”, degan Pezeshkiyon.

Isroil eronliklardan ularga sodiq harbiylashtirilgan kuchlar joylashgan Iroq hududidan katta zarba berishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Milliy xavfsizlik kengashi Isroilga harbiy javobni ma’qulladi