Foto: BILD
Gambiya og‘maxonsimon kalamushi — sayyoramizdagi eng yirik sichqonsimonlardan biri. Kattalarining uzunligi 90 santimetrgacha yetadi. Ana shu kalamushlardan 2013 yildan buyon Tanzaniya va Mozambikda minalashtirilgan maydonlarni tozalashda foydalanilmoqda.
Kambojaga yuborilgan Magava laqabli kalamush 71 ta mina va 38 ta boshqa xil portlovchi qurilmani topgan. Kalamush shu xizmatlari uchun PDSA xayriya tashkilotining oltin medali bilan taqdirlangan.
Tanzaniyada endi Gambiya kalamushlaridan kontrabandaga qarshi foydalanishmoqchi. Bu kasbga o‘rgatish jarayonida kalamushlar fil suyagi, kamyob hayvonlarning shoxlari va suyaklarini topgani uchun yoqtirgan ovqati bilan siylanadi.
Foto: BILD
Kontrabandachilar bojxonada hid sezilmasligi uchun har xil yuvish vositalari yoki qahva donlarini qo‘llashadi. Ammo kalamushlar bu nayrangga uchmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?