Foto: Sputnik
Ukraina Rossiya bilan kelishuvga erishish uchun uchta imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Kiyev 2014 yilda Qrim bilan birga o‘zining birinchi imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Keyin 2015 yil fevralida Donbassdagi vaziyatni tartibga soluvchi Minsk kelishuvlari imzolandi”, deydi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi imkoniyat 2022 yil aprel oyidagi Istanbul kelishuvlari bo‘lgan. Lavrov, shuningdek, Kiyev kelishuvlarni qanchalik uzoq buzsa, uning hududi shunchalik kamayishini ta’kidlagan.
Rossiyalik siyosatchiga ko‘ra, Ukrainadagi tinchlik Ukraina va G‘arbning rejalariga kiritilmagan.
“Ayni damda tinchlik raqiblarimizning rejalariga kiritilmagan. Ukrainaning joriy yilning iyun oyida prezident Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan tinchlik tashabbusiga javobi Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga bostirib kirishi va boshqa chegaradosh viloyatlardagi nishonlarga havo hujumlari bo‘ldi. Vashington va uning ittifoqchilari Kiyevni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda va G‘arbning uzoq masofali raketalaridan Rossiyaga chuqur zarba berish uchun foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda”, dedi diplomat.
Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarni taqiqlovchi farmonni imzolaganini, shuning uchun “biron bir davlatning, jumladan, Turkiyaning vositachilik harakatlari muvaffaqiyat qozonishi ehtimoldan yiroq”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?