08:53 / 03.11.2024
40

Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi

Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
Foto: Esa Tuomola
Finlyandiya g‘arbida mamlakat tarixidagi ilk dovul qayd etildi. Tabiiy ofat oqibatida 40 mingga yaqin xonadon elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi, deb xabar beradi Yle teleradiokompaniyasi.

Ma’lum qilinishicha, Rauma shahrida shamol tezligi soniyasiga o‘rtacha 33,5 metrga, Pori shahrida esa soniyasiga 30,3 metrga yetgan.

«Kuzatuvlar davomida mamlakat tarixida bunday ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu rostdan ham kamyob hodisa», — deydi Meteoroliya instituti meteorologi Tuomo Bergman.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 noyabr kuni Finlyandiya g‘arbi va janubida 40 mingga yaqin xonadon elektr energiyasidan uzilib qolgan. 2 noyabr tongida esa ularning aksariyatida elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, 3 noyabr kuni Finlyandiyada yangi kuchli siklon kuzatiladi. U ham yuqoridagi dovul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

Avvalroq Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida 211 kishi halok bo‘lgani, rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini kutayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakat hukumati yana 10 ming nafar harbiy xizmatchi va politsiya xodimini suv toshqini oqibatidan jabr ko‘rgan Valensiyaga yuboradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi