Foto: Getty Images
Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Damashq xalqaro aeroporti yo‘lida joylashgan as-Sayida Zaynab hududining janubi-sharqiy chekkasiga hujum qildi.
Al-Hadat telekanali xabar berishicha, Al-Mazor hududida Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan “Hizbulloh” tuzilmalari lagerlari yaqinida bir necha portlash ovozlari eshitilgan.
Zarbalar oqibatida yuzaga kelgan yo‘qotishlar va moddiy zarar haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 52 ta davlat hamda ikkita xalqaro tashkilotning Isroilga qarshi qurol embargosini joriy etish murojaatidan iborat maktubini topshirgani xabar berilgandi.
Maktubda bosib olingan Falastin hududlarida, shuningdek, Livan va Yaqin Sharqning boshqa hududlarida zo‘ravonlik kuchayishi va xalqaro huquq normalarining buzilishidan chuqur xavotir bildirilgan.
Isroil harakatlari oqibatida qurbonlar orasida ayollar va bolalar soni ortayotgani qayd etilgan. Ushbu xavfli tendensiyani to‘xtatish uchun favqulodda choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi