Foto: Flash90
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Gallantni lavozimdan ozod etdi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gallant o‘rniga Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas tayinlanadi. Gideon Saar bo‘lsa mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.
«Urushning dastlabki oylarida o‘zaro ishonch bor edi va juda samarali ishlar amalga oshirildi, ammo so‘nggi oylarda men va mudofaa vaziri o‘rtasidagi ishonchga darz ketdi», — deydi Netanyahu.
Uning aytishicha, Gallant Vazirlar mahkamasi ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan qarorlar qabul qilgan va bayonotlar bergan. Netanyahu hukumatning aksariyat a’zolari uning qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni iste’foga chiqarish haqidagi qarorini bekor qilgandi. Vazirlar mahkamasi rahbari o‘shanda mudofaa vaziri bilan «barcha jabhalarda sutkada 24 soat birga» ishlayotganini va «ixtiloflarni chetga surish»ga qaror qilganini bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"