Foto: AFP
Demokrat Kamala Harrisning saylov shtabi AQSHdagi prezidentlik saylovlari g‘olibi bir necha kundan so‘ng e’lon qilinishini aytdi. Shundan keyin bir necha hafta davom etadigan sud jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Bizni bir oylik sud jahannamiga tushish kutmoqda, dedi Harris kampaniyasi maslahatchilaridan biri.
Nomzod jamoasi allaqachon homiylarni ogohlantirgan, natijalar orasidagi farq kam bo‘lsa, “barcha bir-biri bilan to‘rt haftadan olti haftagacha” sudlashishi ehtimoli ortadi.
Harrisning saylov shtabi tashqi maslahatchisi Dana Remus ma’lumotni tasdiqlagan. U kampaniya butun mamlakat bo‘ylab ovozlarni sanash, qayta sanash va tekshirish natijalariga e’tiroz bildirish uchun advokatlar jamoasiga egaligini aytgan.
"Saylovlarni Amerika xalqi hal qiladi va bu natijalarni bekor qilishning hech qanday imkoniyati yo‘q. Bizning institutlarimiz, xususan, Oliy sud bunga yo‘l qo‘ymaydi", degan Remus.
2024 yilgi prezidentlik saylovida asosiy kurash yettita beqaror shtat uchun bo‘ladi. Bular Pensilvaniya, Michigan, Viskonsin, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Arizona va Nevada. Donald Tramp va Kamala Harris aynan shu shtatlardagi qo‘llab-quvvatlashni qo‘lga kiritishga intilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Shimoliy Karolinada g‘alaba qozongan, Harris esa Virjiniyada yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Nomzod saylovda g‘alaba qozonishi uchun 270 ta ovoz olishi kerak. Hozirda Harris 205 ta, Tramp esa 230 ta ovozga ega. Saylov natijalariga asosan ko‘rsatkichlar o‘zgarib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."