Foto: Depositphotos
Tel Aviv Tehronga va qarshilik ko‘rsatish fronti kuchlariga dosh bera olmaydi, deya Islom inqilobiy korpusi kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviy ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Eron hududiga 26 oktyabr kuni qilingan hujumga javob kutishi kerak.
“Eron va qarshilik jabhasi shay holatda, biroq Isroil bizga qarshilik ko‘rsata olmaydi va bizning javobimizni kutishi kerak”, deydi Fadaviy.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari kuni yahudiy davlatiga uyushtirilgan 1 oktyabrdagi hujumlarga javoban Erondagi harbiy obyektlarga zarbalar berishini ma’lum qilgandi.
CBS News Isroilning Eronga hujumi faqat harbiy nishonlar bilan chegaralangani va yadroviy yoki neft obyektlariga taalluqli emasligini xabar qilgan. IRNA xabariga ko‘ra, Eronning neft sanoati obyektlaridan hech biri zarar ko‘rmagan.
Bir kun avval The Times of Israel nashri Isroil armiyasi Erondan hujum bo‘lishi ehtimoliga jangovar shayligi va hushyorligini oshirgani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, kuchaytirilgan hushyorlik Isroil armiyasi bosh shtabining barcha bo‘linmalarida kundalik vaziyatni baholashni o‘z ichiga oladi. Butun razvedka bo‘linmasini jalb etgan holda turli usullar orqali razvedka ma’lumotlarini to‘plash kuchaytirilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari ham yuqori shay holatida qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi