Foto: Telegram / Baza
Boshqirdistondagi temiryo‘lda sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi, deb xabar beradi Baza. Temiryo‘l, aloqa tayanchlari va tarmog‘iga zarar yetkazgan hodisa 3 noyabrga o‘tar kechasi «Dyoma» va «Chernikovka» stansiyalari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi holat bo‘yicha qo‘poruvchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma vagonlardan birining lyuki ostidagi o‘rta ustuniga o‘rnatilgan. Ekspertiza portlashda parchalovchi qurilmadan foydalanilganini aniqladi. Politsiya bir nafar gumonlanuvchi — Stavropol o‘lkasida yashovchi 31 yoshli Ivan I.ni qo‘lga olgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Voqea joyiga portlash oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashadigan poyezd yuborilgan.
Sentyabr oxirlarida Samara oblastidagi Kinel shahridan o‘tgan temiryo‘l ko‘prigida ham shu kabi voqea sodir bo‘lgandi. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda portlash o‘tish joyidagi «xavfsizlik orollari»ga zarar yetkazgan va poyezdlar harakatini vaqtincha to‘xtatishiga sabab bo‘lgan.
Iyul oyida bo‘lsa Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatida yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketishi oqibatida 100 dan ortiq kishi jabrlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"