Foto: Reuters
Oq uy apparati rahbari lavozimini Syuzan Uayls egallaydi. Bu haqda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Uayls unga «AQSH tarixidagi eng katta siyosiy g‘alabalardan biriga» erishishda yordam bergan.
«U 2016 va 2020 yillardagi muvaffaqiyatli kampaniyalarimning ajralmas qismi edi», dedi respublikachi.
AQSHning saylangan prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Uayls kuchli va aqlli ayol, «innovatsion qarashlar»ga ega.
Syuzan Uayls Trampning saylovoldi tashviqoti rahbarlaridan biri edi.
5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentlik saylovlarida respublikachi Tramp 270 dan ortiq delegatning ovozini oldi va mamlakatning 47-prezidenti bo‘ldi. Uning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi