Foto: The Moscow Times
Rossiyaning Voronej oblastidagi yettita maktab o‘qituvchilari yolg‘on ko‘rsatmaga ishonib, «Vatan qalpog‘i» aksiyasini uyushtirdi. Ular aksiya doirasida «NATO sun’iy yo‘ldoshlari ta’siridan himoyalanish»ga mo‘ljallangan folgadan yasalgan qalpoqlarni kiyib chiqdi. O‘qituvchilar belaruslik pranker Vladislav Boxanning haziliga uchib, shunday yo‘l tutgan — u «Yagona Rossiya» nomidan maktablarga «buyruq» yuborgan.
Boxan YouTube'dagi dasturida ushbu hazilining mohiyatini tushuntirdi: «Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yovuz NATO rus xalqini nurlantirmoqchi. O‘qituvchilarimiz folgadan yasalgan qalpoq kabi oddiy himoya vositalaridan foydalanib, bunga qarshi tura olishni o‘rganishlari kerak».
Pranker o‘z rejasi ishonarli chiqishi uchun «Yagona Rossiya» partiyasining logotipi tushirilgan eski blanklardan foydalangan va neyrotarmoq orqali «buyruq» yasagan. Hujjatda topshiriqni bajarmaganlar jazolanishi ham ta’kidlangan, shuningdek, aksiya maqsadi «vatanparvarlikni mustahkamlash, ogohlik va pedagoglarning fuqarolik mudofaasi sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish, qo‘l ostidagi oddiy materiallardan NATO tahdidlariga qarshi himoya vositalarini yarata olish qobiliyatini shakllantirish» ekani aytilgan.
«Buyruq» haqiqiyga o‘xshashi uchun pranker Moskva metro stansiyalaridan birida folgali qalpoqda yurgan odamlar suratini ilova qilgan. Shuningdek, ko‘rsatma ostida qalpoqlarni tayyorlash bo‘yicha batafsil qo‘llanma keltirilgan.
Aksiyada yettita maktab ishtirok etdi. «Lider» markazi tomonidan yuborilgan videoda o‘qituvchilardan biri qalpoqlar yasashni qiziqarli ijodiy mashg‘ulot va «muhim vatanparvarlik akti» deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari