Foto: Moldova politsiyasi
Moldova politsiyasi 10 noyabr kuni mamlakat hududiga qulab tushgan ikkita uchuvchisiz uchish apparati topilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dronlardan biri Moldova shimoli-g‘arbidagi Boroseniy Noy qishlog‘idan topilgan. Dron qulagan joy tekshiruv uchun qurshab olingan. Bir kun oldin esa yana bir uchuvchisiz uchish apparati mamlakat janubi-sharqidagi Farladani qishlog‘idan topilgandi.
Dastlabki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu Rossiyada ishlab chiqarilgan, portlovchi qurilmaga ega bo‘lmagan «Shahed» tipidagi dronidir. U RF qo‘shinlari tomonidan 10 noyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga uyushtirilgan hujum doirasida uchirilgan bo‘lishi mumkin.
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligiga ko‘ra, o‘tgan kecha Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirgan. 145 ta droning 62 tasi urib tushirilgan, yana 67 tasi Ukrainaning turli hududlarida «ko‘zdan qochirilgan». Shuningdek, o‘nlab dronlar Ukraina havo makonidan Moldova, Belarus va Rossiya yo‘nalishida uchib ketgan.
«Belaruski Gayun» monitoring loyihasi rostdan ham Ukrainaga uyushtirilgan hujum kechasi kamida 10 ta uchuvchisiz uchish apparati Belarus hududiga kirganini tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi