00:23 / 12.11.2024
25

AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi

AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Foto: “BelTA”
Isroil va Livan o‘rtasidagi tinchlik shartnomasini tuzishda Rossiya va AQSH xavfsizlik kafili sifatida qatnashadi. Bu haqda Israel Hayom nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Livan tomoni bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilayotganini tasdiqladi. Isroil rasmiylari “Hizbulloh” Suriya chegarasi orqali Erondan qurol-yarog‘ ololmasligi bo‘yicha kafolatga ega bo‘lmoqchi.

Israel Hayom nashriga ko‘ra, kelishuv matnida “Hizbulloh” o‘z kuchlarini Litani daryosi shimolidan olib chiqib ketishi kerakligi yozilgan. Livan jangchilarining chegara hududlari yaqinida bo‘lishi taqiqlanadi. Isroil qo‘shinlari, o‘z navbatida, Livan hududini tark etishga majbur. Nashr manbalarining iddao qilishicha, AQSH va Rossiya xavfsizlik kafillari sifatida “Hizbulloh”ning qayta qurollanishini oldini olishlari kerak.

Isroil matbuotining yozishicha, o‘tgan hafta mamlakatning strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer Livan bilan vaziyatni tartibga solishda Moskvaning vositachiligini muhokama qilish uchun yashirin tashrif bilan Rossiyaga kelgan.

Shundan so‘ng u AQSHga jo‘nab ketdi va u yerda tinchlik shartnomasi loyihasi muhokamasida qatnashdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov oktyabr oxirida Rossiya, agar kerak bo‘lsa, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi mojaroni hal qilish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi