
O‘tgan mavsumda Eron chempionligini qo‘lga kiritgan «Persepolis» klubi futbolchilariga tilla yurg‘izilgan «Iphone» smartfoni sovg‘a qildi.
Bu haqida «Persepolis» klubi hujumchisi va terma jamoamiz a’zosi Oston O‘runov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
«Mening «Persepolis»im», — deb yozib qoldirgan Oston O‘runov.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov jarohat olganligi sababli terma jamoamizning noyabr oyidagi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar