Foto: Wikipedia
Rossiyaning «Mosfilm» kinostudiyasi bosh direktori Karen Shaxnazarov o‘tgan yili Rossiya Qurolli kuchlariga tanklar va boshqa harbiy texnika sovg‘a qilganini aytdi. Bu haqda u prezident Vladimir Putin bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Harbiy-texnika bazamizda saqlanayotgan 28 ta T-55 tanki, sakkizta PT-76 tanki, 6 ta piyoda jangovar mashinasi va 8 ta traktorni berdik. Ehtiyoj borligini bilib, Mudofaa vazirligiga murojaat qildim, ular bu texnikalarni olib ketishdi», dedi direktor.
Buni eshitgan Putin: «Biz «Mosfilm» bilan faxrlanamiz», deb javob berdi.
Shaxnazarov, shuningdek, Putin bilan uchrashuvda bu yil studiya «xayriya yordami» uchun 8 million rubl, jumladan, «maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun» 6 million rubl sarflaganini aytdi.
The Insider nashrining yozishicha, sovet davrida ishlab chiqarilgan PT-76 tanklari 2023-2024 yillarda Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibida na «maxsus harbiy operatsiyada» ham, undan tashqarida ham ko‘rinmagan.
«Mosfilm» veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, studiya omborlarida filmlarni suratga olishda rekvizit sifatida ishlatiladigan ko‘plab harbiy texnika, xususan, «190 dan ortiq zirhli texnika, zirhli transport vositalari va o‘ziyurar uskunalar, turli davrdagi xorijiy harbiy texnikalar» bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi