20:07 / 16.11.2024
7

Tramp “maksimal bosim” orqali Eronni yadroviy kelishuvga majburlamoqchi

Tramp “maksimal bosim” orqali Eronni yadroviy kelishuvga majburlamoqchi
Foto: Getty Images
Saylovda g‘alaba qozongan AQSH prezidenti Donald Trampning jamoasi Eronga “maksimal bosim” strategiyasini tayyorlamoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning maqsadi Tehronni yangi yadroviy bitim tuzishga majburlashdan iborat.

Tramp jamoasi Tehronga qarshi Oval kabinetdagi birinchi kunida chiqarishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni tayyorlamoqda, xususan, Eron neftining eksportiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va qo‘shish ustida ishlamoqda. Maksimal bosim taktikasi Eronni muzokaralarga majburlashga urinish uchun ishlab chiqiladi”, deb yozadi nashr.

Nashrga ko‘ra, bunday choralar qo‘llash orqali Vashington Tehronning neft daromadlarini kamaytirishga harakat qiladi. Bu Eronning o‘z armiyasiga, shuningdek, mintaqadagi ittifoqchi harakatlarga moliyaviy sarmoyalarini kamaytirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tramp ma’muriyatining rejalari bilan tanish bo‘lgan milliy xavfsizlik bo‘yicha ekspertning xabar berishicha, ushbu chora-tadbirlar Vashington va Tehron o‘rtasidagi “munosabatlarni barqarorlashtirish”ga qaratilgan bo‘lsa-da, Tramp ma’muriyatining shartlari Eron uchun maqbul bo‘lmasligi mumkin.

Avvalroq Islomiy Eron Atom energiyasi tashkiloti vakili Behruz Kamolvandiy Eron tomoni yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini qayta tiklashga tayyorligini ma’lum qilgan, biroq bu jiddiy muzokaralarni talab qilishini ta’kidlagan.

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron yadroviy kelishuvni – Eron yadroviy dasturiga cheklovlar evaziga sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini imzoladilar. AQSH Tramp prezidentligi davrida 2018 yilning may oyida ushbu kelishuvdan chiqqan va Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklagan.

Bunga javoban Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, yadroviy tadqiqotlar, sentrifugalar va uranni boyitish darajasidagi cheklovlardan voz kechishini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp “maksimal bosim” orqali Eronni yadroviy kelishuvga majburlamoqchi