20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi

Turkiyaga o‘z xolasining qizi tomonidan aldov yo‘li bilan olib borilgan odam savdosi qurboni O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 noyabr kuni Bosh konsulxonaga 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi F.H. murojaat qilib, xolasining qizi A.M. tomonidan Turkiyaning Mug‘la viloyati “The Pera Hotel Marmaris” mehmonxonasida pul evaziga fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma’lum qilgan va ozod qilinishida yordam so‘ragan.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aldovga uchragan mazkur qiz kecha, 15 noyabr kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 noyabr kuni Bosh konsulxonaga 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi F.H. murojaat qilib, xolasining qizi A.M. tomonidan Turkiyaning Mug‘la viloyati “The Pera Hotel Marmaris” mehmonxonasida pul evaziga fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma’lum qilgan va ozod qilinishida yordam so‘ragan.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aldovga uchragan mazkur qiz kecha, 15 noyabr kuni O‘zbekistonga qaytarilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…