Foto: Ukraina Milliy politsiyasi
17 noyabr, yakshanba kuni Rossiyaning Sumi shahriga kechki zarbasi natijasida raketa turar joy binosiga kelib urilgan. Hujum oqibatida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi, deya xabar beradi Ukraina Milliy politsiyasi.
Sumi shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘qqiz yoshli bolakay va 14 yoshli qiz halok bo‘lgan, 55 nafar yoshi kattalar va 8 nafar bola jarohatlangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati shikastlangan uy vayronalari ostidan 400 dan ortiq odam evakuatsiya qilinganini tasdiqladi. Qo‘shni oltita ko‘p qavatli uyning oynalari singan, to‘rtta avtomobil yo‘q qilingan.
«Sumidagi to‘qqiz qavatli binoga raketa zarbasi berildi, barcha zarur xizmatlar hozirda ishlamoqda, qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda, ularning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegram'dagi kanalida.
Yarim tundan keyin Rossiya armiyasi Sumiga yana raketa zarbasi berdi. Hujum natijasida shaharda elektr energiyasi uzilgan, deb xabar qildi Sumi oblasti harbiy ma’muriyati. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi