14:38 / 18.11.2024
15

Hujjatlar sizib chiqishi: Netanyahuning yordamchisiga ayblov qo‘yiladi

Hujjatlar sizib chiqishi: Netanyahuning yordamchisiga ayblov qo‘yiladi
Foto: Yonatan Sindel/Flash90
Isroil prokuraturasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning yordamchisi Eliezer Feldshteyn va maxfiy hujjatlarni oshkor qilish ishiga aloqador yana bir shaxsga nisbatan rasmiy ayblovlar qo‘ymoqchi. Bu haqda 17 noyabr, yakshanba kuni idora ma’lum qildi.

Bundan tashqari, prokuratura gumonlanuvchilarni hibsda saqlash muddatini besh sutkaga uzaytirishni so‘ragan. Bu muddat ichida idora ayblov xulosasini e’lon qilmoqchi, shuningdek, ishning miqyosi va nozikligi sababli ikki ayblanuvchining sud oxirigacha hibsda qolishini so‘ramoqchi.

Hamas bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlar

Netanyahu yordamchisi mamlakatdagi hukumatga qarshi namoyishlar Hamas harakatini kuchaytirmoqda, degan fikrni jamoatchilikka yetkazish maqsadida bir necha ommaviy axborot vositalariga maxfiy hujjatni oshkor qilganlikda gumonlanmoqda, deb tushuntiradi The Jerusalem Post.

Ayblov tomoniga ko‘ra, 6 sentyabr kuni xorijiy OAVda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar yuzasidan Hamas pozitsiyasi haqida maqolalar chop etilgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, materiallarda Isroil mudofaa kuchlarining razvedka tizimlaridan noqonuniy ravishda olingan maxfiy ma’lumotlar va hujjatlardan foydalangan.

Feldshteyn 2 noyabr kuni boshqa to‘rt gumonlanuvchi bilan birga hibsga olingan, ularning barchasi xavfsizlik xizmati xodimlaridir. Ularning ismlari oshkor etilmagan. Keyinroq gumondorlarning bir qismi uy qamog‘iga o‘tkazildi, biroq bu bosh vazir yordamchisiga ta’sir qilmadi.

Isroil mudofaa vazirining iste’fosi: minglab kishilar namoyishga chiqdi

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant 6 noyabrga o‘tar kechasi iste’foga chiqqanidan so‘ng, Quddus va Tel-Avivda minglab odamlar mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahuning harakatlariga qarshi ko‘chalarga chiqib, G‘azo sektorida Hamas tashkiloti tomonidan garovga olingan isroilliklarni o‘z vataniga qaytarishni talab qilishdi.

The Times of Israel internet-nashrining yozishicha, Tel-Avivdagi Ayalon shossesining janubiy tomonida namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya yoqimsiz hidli kuchli suv oqimlaridan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Muxolifat yetakchilaridan biri Yair Lapid Isroil fuqarolarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi. U urush avjida Galantning iste’foga chiqishini «jinnilik harakati» deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hujjatlar sizib chiqishi: Netanyahuning yordamchisiga ayblov qo‘yiladi