Foto: Skidmore, Owings & Merrill
SOM arxitektura byurosi Xitoydagi yirik sanoat kompaniyalarining biridan shtab-kvartira qurish bo‘yicha buyurtma oldi va osmono‘par binoning 270 metrli loyihasini taqdim etdi.
Baland bino 53 qavatdan iborat bo‘lib, Shenchjen shahri markazidan o‘rin oladi. Uning o‘ziga xosligi — panoramali ko‘rinishga ega bog‘ funksiyasini bajaruvchi markaziy lobbisidir.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, osmono‘par bino nafaqat shtab-kvartira, balki 60 ming kishiga uchun ofis xonalariga ega korporativ kampus hamda savdo zali sifatida ham faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, birinchi navbatda ekologik qulayliklar inobatga olingan. Intererlar esa tog‘ peyzajlari uslubida ko‘rinish oladi.
Bundan tashqari, zamonaviy binolardagi kabi energosamarador va ekologik texnologiyalar ham e’tibordan chetda qolmagan. Intellektual tizimlar kunduzgi yorulug‘lik miqdorini hisobga oladi va shu orqali bino ichidagi energiya iste’molini nazorat qiladi. Suv resurslarini boshqarish tizimi esa maksimal darajada suvni tejab, chiqindilarni samarali qayta ishlashga intiladi.
Aftidan, SOM byurosining osmono‘par binosi loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan qurilish ishlari 2029 yilda yakunlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»